15:19 / 22.08.2015
3407

Misrda sud "Musulmon birodarlar" rahnamosini bir umrlik qamoqqa hukm qildi

22 avgust kuni Misr sudi mamlakatda taqiqlangan "Musulmon birodarlar" tashkiloti yetakchisi Muhammad Badiani bir umrlik qamoqqa mahkum etdi. Bu haqda Al Arabia tvitteri orqali xabar berilgan.

Qayd etilishicha, Badia 2013 yilda Port-Saidda politsiya mahkamasiga uyushtirilgan hujumda aybdor deb topilgan.

Bundan oldinroq, Misr sudi Muhammad Badia va uning 13 nafar tarafdorini o‘limga hukm qilgandi.

Ma'lumot uchun, 2013 yilning avgustida Misrning turli shaharlarida bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar vaqtida 49ta xristianlar ibodatxonalari yoqib yuborilgandi. O‘t qo‘yilgan binolarning 30tasi pravoslav koptlarning ibodatxonalari, 14tasi esa katolik cherkovlari yana 5tasi protestantlarga tegishli ibodatxonalar edi.

Top