19:17 / 22.08.2015
3541

Qozog‘iston ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxining ko‘tarilib ketmasligini nazorat qiladi

Qozog‘iston hukumati va Milliy banki yig‘ilishida yangi iqtisodiy siyosatga o‘tish davri sharoitida tezkor harakatlar rejasi tasdiqlandi, deya ma'lum qilindi hukumat rahbari matbuot xizmati xabarida.

Milliy iqtisodiyot vaziri Yerbolat Dosayevning xabar berishicha, tezkor choralar rejasiga muvofiq, hukumat va Milliy bank iqtisodiyotning real sektorini qo‘llab-quvvatlab, xususiy investitsiyalarni rag‘batlantirish, bandlik va ish o‘rinlarini tashkil etish, moliyaviy barqarorlikni ta'minlash, Milliy fond mablag‘laridan samarali foydalanish, shuningdek, respublika byudjyeti muvozanatini saqlashga e'tibor qaratadi.

Hukumat ko‘rmoqchi bo‘lgan tezkor tadbirlar rejasida ijtimoiy ahamiyatga molik mahsulotlar narxining ko‘tarilib ketmasligi va jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi depozitlarini tezda kompensatsiyalash mexanizmini ishlab chiqish ham o‘rin olgan.

Top