10:58 / 22.08.2015
26454

Tojikistonlik gulchi qiz dunyoning eng go‘zal ayollari o‘nligiga kirdi

Dushanbelik 19 yoshli Munira Mirzoyeva The Atlas of Beauty tomonidan tuzilgan dunyoning eng go‘zal ayollari ro‘yxati o‘nligiga kirdi. Uni “go‘zal xizmatchi”, deb atashmoqda.

The Atlas of Beauty – ruminiyalik fotograf ayol Mixaela Norokning internet loyihasi hisoblanadi. Uning so‘zlariga qaraganda, ayol sayohat qilib sayyoramiz xilma-xilligini ayollar portreti orqali ko‘rsatishga, shu bilan dunyoning tabiiy go‘zalligini suratlarda muhrlashga harakat qiladi.

Bir oy muqaddam Tojikiston bo‘ylab sayohat qilgan Mixaela fotoapparati fokuslari Munira Mirzoyevaga yo‘naltirilgan. Norokning Feysbukdagi sahifasi ushbu suratlar “Dushanbedagi go‘zal gulchi, Tojikiston” deb nomlangan.

19 yoshli Munira esa poytaxtdagi Shoxmansur tuman ko‘kalamzorlashtirish bo‘limida ishlaydi, u o‘z go‘zalligi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinganidan bexabar, deyiladi xabarda. Ma'lum bo‘lishicha, Munira 7 kishidan iborat katta oilaning asosiy boquvchisi.

O‘zining aytishicha, u oilaning katta farzandi. Oilasidagi murakkab iqtisodiy sharoit tufayli shifokor bo‘lish orzusidan voz kechib, gulchilik bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lgan. Biroq u bundan tushkunlikka tushmaydi. Eng muhimi — xotirjam hayot va boshqalarga qaram bo‘lmaslik. Muniraning aytishicha, u nonini halol mehnati bilan topayapti va o‘z ishidan faxrlanadi.

Top