Join KUN.UZ Telegram kanaliga qo‘shiling va eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling! A'zo bo'lish
x
Turkmanistonda uchta hayfsan olgan energetika vaziri lavozimidan ayrildi
05:41 / 22.08.2015
2190

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov yil mobaynida yomon ishlagani uchun mamlakatning energetika vaziri Geldi Sariyevni o'z lavozimidan bo'shatib yubordi, deb xabar bermoqda Turkmaniston televideniyesiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

“Siz energetika vaziri lavozimida bir yildan ko'proq vaqt mobaynida ishlab kelmoqdasiz va shu davr ichida sizning yomon ishlashingiz tufayli sizga uchta hayfsan e`lon qilindi. Biroq vazirlik ishi yaxshilanmadi”, deb aytdi Turkmaniston prezidenti.

Berdimuxamedov elektr ta`minotidagi uzilishlar sababli vazir ustidan doimo aholi, turli muassasalar, tashkilotlar va korxonalar rahbarlari muntazam shikoyat qilib kelganlarini hamda Turkmaniston elektr energetikasini rivojlantirish bo'yicha qo'yilgan vazifalarning bajarilmaganini eslatib o'tdi.  

Yangi energetika vaziri etib sobiq vazir o'rinbosari Davronmamad Rajabov tayinlandi. Sariyevning bo'shatilishiga sobiq vazir energetika vazirligining valyuta daromadlari rejasini barbod qilgani uchun bir hafta olgan uchinchi hayfsani sabab bo'lgan.

  • Teglar:
Top