02:38 / 23.08.2015
3561

2015 yilgi bouling bo‘yicha O‘zbekiston kubogi g‘oliblari aniqlandi

Toshkentda 10 kegelli sport boulingi bo‘yicha XIII O‘zbekiston kubogi o‘z yakuniga yetdi. Erkaklar o‘rtasida g‘oliblikni Mirvohid Soatov, ayollar o‘rtsida esa Moxinur Nurmatova qo‘lga kiritdilar. Qayd etish joizki, g‘oliblar O‘zbekiston kegel sporti federatsiyasi nomi ostida o‘tayotgan musobaqada birinchi marta ishtirok etishdi.
O‘zbekiston kubogi-2015. Erkaklar
1 – Mirvoxid Soatov (Toshkent), 2 – Bekzod To‘xtaniyozov (Toshkent), 3 – Bahodir Arifov (Toshkent).
Ayollar
1 – Moxinur Nurmatova (Toshkent), 2 – Sayyera Maxmudova (Samarqand), 3 – Yelena Kasimova (Toshkent).

An'anaga ko‘ra, mamlakat kubogi g‘oliblari noyabr oyida AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadigan QubicaAMF jahon kubogida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadilar.
Shuningdek, sovrindorlarni taqdirlash marosimida 2014-2015 yillardagi mavsumda shaxsiy hisobda Toshkent birinchiligi sovrindorlarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Erkaklar orasida Bekzod To‘xtaniyozov, ayollar o‘rtasida esa Yelena Kasimova ushbu chempionat g‘olibi bo‘lganlar.
Toshkent chempionati. Shaxsiy hisob. 2014-2015 yillardagi mavsum.
Erakalar: 1 – Bekzod To‘xtaniyozov, 2 – Baxtiyer Dalaboyev, 3 – Asqar Egamberdiyev.
Ayollar: 1 – Yelena Kasimova, 2 – Sayyera Maxmudova, 3 – Tatyana Lefter.

Top