17:49 / 23.08.2015
10614

Amrum oroli qirg‘og‘ida 108 yil oldin xat solib dengizga tashlangan butilka topildi

Yevropaning shimoli-g‘arbidagi Shimoliy dengizda joylashgan Friz orollari turkumiga kiruvchi Amrum orolidagi plyajdan 1908 yilga mansub shisha butilka topildi.

The Telegraph nashrida yozilishicha, bu idish suvdan topilgan eng ko‘hna idishga aylandi va endilikda Ginnes Rekordlar kitobiga kiritilishi kutilmoqda. Hozirgacha rekord o‘rnatgan shisha idishning yoshi 99 yilni tashkil etardi.

Qayd etilishicha, bunday idishlardan 1200 donasi XX asr boshida Buyuk Britaniya Dengiz biologiyasi uyushmasi olimlari tomonidan dengizga tashlangan edi. Ular bu orqali dengizdagi jarayonlarni o‘rganmoqchi bo‘lishgan. O‘shanda bir necha yil o‘tib, olimlar bu idishlarning aksar qismini suvdan qaytarib olishgan.

Bu idishlarning ichiga bir necha tillarda xatlar yozilgan qog‘ozlar solingan. Xatlarda shisha idishlarni topib qaytargan kishiga bir shilling berilishi va'da qilingandi.

Hozircha topilgan butilka shuncha vaqt davomida suvda suzib yurgani yoki uzoq yillar biron qumloqda yotgani bo‘yicha aniq ma'lumotlar olinmagan.

Top