09:46 / 23.08.2015
2476

TsSKA o‘z tarixida ilk marta Rossiya chempionati startida 6ta ketma-ket g‘alaba qayd etdi

Moskvaning TsSKA jamoasi 22 avgust kuni Rossiya chempionatining 6-turida "Rostov" jamoasiga qarshi maydonga tushdi va irodali g‘alabaga erishdi.

"Armiyachilar" "Rostov"ning eronlik hujumchisi Serdar Azmunning 10 daqiqada kiritgan to‘piga 66 va 88 daqiqalarda Ahmad Musa va Alan Zagoyev tomonidan urilgan gollar bilan javob berishdi va ketma-ket oltinchi turda ham g‘alaba qozonishdi.

Jamoa 2002 yilda chempionat startidagi 5ta ketma-ket o‘yinda g‘alaba qozonish orqali o‘zining eng yaxshi ko‘rsatkichini qayd etgandi, endi bu natija bitta o‘yinga yaxshilandi. Rossiyada bu boradagi eng yaxshi natija "Zenit"ga tegishli. "Piterliklar" o‘tgan mavsum startida ketma-ket 8 o‘yinda g‘alaba qilishgandi.

Kecha Rossiya chempionatida "Amkar" - "Spartak" (1:3) va "Anji" - "Ural" (1:1) o‘yinlari ham o‘tkazildi.

Ayni vaqtda Rossiya chempionatida TsSKA 18 ochko bilan peshqadamlak qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda oxirgi turda "Amkar"ni safarda 3J1 hisobida yengish orqali ochkolarini 13taga yetkazgan "Spartak" joylashgan. Uchinchida esa moskvaliklardan bitta kam o‘yin o‘tkazgan "Zenit" ketmoqda. Bu jamoa 6 turni ertaga, "Rubin" maydonida o‘tkazadi.

Kuchli to‘rtlikni Moskvaning yana bir jamoasi "Lokomotiv" yakunlagan. Bu jamoa 5 turda 11 ochko yiqqan va 6-turni bugun "Ufa"ga qarshi safarda o‘tkazadi. 5 o‘rinda "Rostov" (6 o‘yindan keyin 9 ochko), 6 o‘rinda "Dinamo" (6 o‘yindan keyin 9 ochko), 7 o‘rinda esa "Krasnodar" (5 o‘yinda 8 ochko) bormoqda.

"Dinamo" 6 turni safarda "Terek"ka qarshi o‘tkazib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekkan. Krasnodarliklar bugun o‘z maydonida "Mordoviya"ni qabul qilishadi.
Bu turni "Krylya Sovetov" – "Kuban" bahsi yakunlab beradi.

TsSKARostov 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 10 Azmun, 1:1 – 66 Musa, 2:1 – 88 Dzagoyev.
TsSKA – Akinfeyev, Fernandes, Berezutskiy, Berezutskiy, SHCHennikov, Natxo, Dzagoyev (Milanov, 90), Toshich (Vernblum, 63), Yeremenko, Musa, Dumbiya (Golovin, 89).
Rostov : Janayev, Kalachev, Bashtush, Navas, Novoseltsev, Margasov, Mogilevets, Gatskan, Kanga, Buxarov (Poloz, 70), Azmun (Yu Ben Su, 74).
Ogohlantirishlar: Mogilevets (38), Buxarov (52), Kanga (90), Kalachev (90).

AmkarSpartak 1:3 (0:1, 1:2)
Gollar: 0:1 – 20 Movsisyan, 0:2 – 66 Promes, 0:3 – 71 Promes, 1:3 – 78 Gol.
Amkar – Gerus, Butko, Zaytsev, Belorukov, Arzumanyan (Cherenchikov, 75), Djikiya (Salugin, 64), Peyev (Uzochukvu, 68), Ogude, Gol, Idovu, Prudnikov.
Spartak – Rebrov, Kombarov (Parshivlyuk, 77), Tashchi, Bokketti, Kombarov, Promes, Glushakov, Shirokov, Popov, Movsisyan (Romulo, 60), Ze Luish (Ozbiliz, 73).
Ogohlantirishlar: Shirokov (32), Belorukov (59).

AnjiUral 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 45 Yeroxin, 1:1 – 68, penalti Leonardo.
Anji – Pesyakov, Yeshchenko, Gadjibekov, Jirov, Tigiyev, Mayevskiy, Mutari (Xadartsev, 66), Maksimov (Mkrtchyan, 46), Ebesilio (Almeyda, 46), Leonardo, Boli.
Ural – Jyevnov, Kulakov, Martynovich, Fontanello, Xozin, Yemelyanov, Manucharyan (Strannberg, 72), Yeroxin, Asevedo (Fidler, 85), Podberezkin (Sapeta, 63), Burmistrov.
Ogohlantirishlar: Podberezkin (9), Yemelyanov (63).
Chetlatish: Sapeta (67).

TerekDinamo Moskva 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 41 Kokorin, 1:1 – 69 Maurisio.
Terek – Godzyur, Utsiyev, Semenov, Rodolfo (Ax'yadov, 81), Kudryashov, Maurisio, Adilson, Mirzov (Lebedenko, 46), Ivanov, Ayssati, Sadayev (Mbeng, 46).
Dinamo Moskva – Gabulov, Kozlov, Dyakov, Gubochan, Morozov, Zobnin, Denisov, Jirkov (Duglas, 70), Ionov, Kokorin, Tashayev (Katrich, 84).
Ogohlantirishlar: Adilson (68), Maurisio (85), Utsiyev (90).
Chetlatish: Kokorin (48).

Top