06:28 / 23.08.2015
2610

Falastin prezidenti Mahmud Abbos Falastinni ozod qilish tashkiloti rahbari lavozimidan ketdi

Falastin prezidenti Mahmud Abbos Falastinni ozod qilish tashkiloti ijroiya qo‘mitasi raisi lavozimidan ketishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Al Arabia nashri.

Qayd etilishicha, tashkilotning yana bir necha nafar yuqori lavozimdagi mansabdor shaxslari ham iste'foga ketishlarini aytganlar.

Falastin prezidenti bu qarorini mamlakat rahbariyati yig‘ilishida ma'lum qildi.

Bundan avval Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Abbosga telefon qilgani aytilgan. Bu suhbat ikki yetakchi o‘rtasida bir yildan oshiqroq vaqt davomidagi birinchi telefon suhbati bo‘lgan. Netanyaxu ma'muriyati tarqatgan xabarda bosh vazir Abbos bilan suhbati davomida “Isroil fuqarolari tinchlikni istayotganlarini” va “Isroil mintaqada barqarorlikka intilishda davom etayotganini” aytgan. O‘z navbatida Mahmud Abbos yil oxirigacha tinchlik sulhini tuzish o‘ta muhimligini ta'kidlab o‘tgan.

Top