11:14 / 23.08.2015
3043

Moskva daryosiga xususiy vertolyot qulab tushdi

Robinson 44 rusumli xususiy vertolyoti Moskva daryosiga qulagan va cho‘kib ketgan. Rossiya FVV saytida yozilishicha, vertolyotda 3 nafar o‘smir va bir yosh bola bo‘lgan.

Ma'lum qilinishicha, bu hodisa "Jivopisnaya" buxtasi yaqinida, qirg‘oqdan 30 metr masofada sodir bo‘lgan.

"Vertolyot bortida 4 kishi bo‘lgan. Ularning barchasi qutqarildi", deyiladi xabarda.

"Interfaks" nashrida yozilishicha, hodisa ishtirokchilariga tibbiy yordam talab qilinmagan.

Daryoga zaharli moddalar to‘kilgani haqida aniq ma'lumotlar yo‘q.

Top