00:34 / 23.08.2015
2111

Moskvaning “Spartak” muxlisi jamoa futbolchilarining futbolkasini olaman deb yiqilib boshini yorib oldi

Moskvaning “Spartak” futbol klubi muxlisi Rossiya Premer-ligasining 6-turida “Amkar”ga qarshi mehmondagi o‘yinda boshidan jarohat oldi. Uchrashuv 3:1 hisobida “Spartak” foydasiga yakunlandi.

Uchrashuv tugagandan keyin “Spartak” o‘yinchilari o‘z muxlislari joylashgan sektorga kelib, ularga qo‘llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorchilik sifatida o‘zlarining futbolkalarini uloqtirishdi.

Ajratib turuvchi panjara ustiga chiqib olgan muxlislardan biri otilgan futbolkalardan birini ushlab oldi, biroq muvozanatni yo‘qotib, panjaradan yiqilib boshini yorib oldi, deb xabar bermoqdalar “Spartak” muxlislari tvitterda. Jabrlanuvchi shifoxonaga olib ketilgan.  

Top