14:31 / 23.08.2015
2611

O‘rta Yer dengizida 1 kun ichida 3 ming nafardan ortiq muhojir qutqarib qolindi

Italiya qutqaruv xizmatlari O‘rta Yer dengizi hududida keng ko‘lamli amaliyot o‘tkazishdi va Liviya qirg‘oqlaridan yo‘lga chiqqan jami 3 ming nafardan ortiq qochqinlarni cho‘kib ketishdan asrab qoldi.

The Guardian nashrida yozilishicha, 22 avgustda kun bo‘yi davom etgan bu tadbirda Italiya harbiylari va sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmatlariga tegishli kemalar ishtirok etgan.

2ta yog‘och kemada ketayotgan 1 mingga yaqin kishi Liviyadan endi yo‘lga chiqqanida cho‘kib ketishdan saqlab qolingan.

Bundan oldinroq, Germaniya va Fransiya mehnat muhojirlarining Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga qabul qilinishiga roziligini bildirgandi.

Top