20:13 / 23.08.2015
3172

Pokistonda o‘g‘irlab ketilgan xitoylik sayyoh bir yil o‘tib ozod etildi

O‘tgan yili Pokistonda garovga olingan xitoylik velosipedchi bir yil o‘tib ozod etildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Bu haqda Pokiston ichki ishlar vaziri ma'lum qildi. Uning aytishicha, bandi 22 avgust kuni kechki payt ozod etilgan va yaqin orada Xitoy elchixonasiga yetkaziladi.

Ma'lumot uchun, ozod etilgan xitoylik fuqaro o‘tgan yili may oyida Pokiston bo‘ylab velosipedda sayohat qilayotganda Dar-Ismoil-Xon shahri yaqinida toliblar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan edi.

Top