06:53 / 23.08.2015
3071

Qozog‘iston hukumati iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralar rejasi ishlab chiqdi

Qozog‘iston hukumati inflyatsiyani nazorat qilish sharoitida choralar rejasini ishlab chiqdi, deb aytilmoqda Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati bergan xabarda.

Qozog‘iston milliy iqtisodiyoti vaziri Erbo‘lat Do‘sayevning aytishicha, tezkor choralar rejasi 5 ta yo‘nalishni qamrab olgan va iqtisodiyotni va uning tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Vazir “moliyaviy resurslarning cheklanganligi sharoitida ustuvor yo‘nalishlarga mablag‘larni qayta taqsimlash bilan davlat va tarmoq dasturlarini moliyalashtirishni optimallashtirish davom ettirilishi va o‘z nihoyasiga yetkazilishini" aytdi.

Choralar rejasi ijtimoiy ahamiyatga molik mahsulotlar narxining o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik tadbirlari bilan to‘ldiriladi.

Ma'lumot uchun, 20 avgust kuni Qozog‘iston Milliy banki inflyatsiyani nazorat qilish va erkin valyuta kursi tartibiga o‘tdi. Monetar siyosatning birinchi kuniyoq tenge AQSh dollariga nisbatan 26 foizga qadrsizlanib ketdi.

Top