02:14 / 23.08.2015
2456

Xitoyda kimyo zavodida yuz bergan portlashda 9 kishi jarohat oldi

Xitoy hukumatining ma'lum qilishicha, mamlakatning Shandun viloyatidagi kimyo zavodida yuz bergan portlash oqibatida 9 kishi jarohatlangan, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Politsiyaning ma'lum qilishicha, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q. Barcha jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilganlar.

Ma'lum qilinishicha, zavodda olov bilan ta'sirlashganda zaharli gazlar chiqaradigan shaffof suyuqlik – adiponitril ishlab chiqarilgan.

Voqea joyida kimyoviy falokatlar oqibatlari bilan ishlashga o‘rgatilgan 7 ta o‘t o‘chiruvchilar brigadasi ish olib bormoqda.

Avvalroq Shandun viloyatida kimyo zavodida kuchli portlash sodir bo‘lgani va so‘ngra yong‘in chiqqani ma'lum qilingan edi.

Top