00:57 / 24.08.2015
2173

“Yuventus” o‘z maydonida “Udineze”ga yutqazdi

Italiya A seriyasining yangi mavsumdagi birinchi uchrashuvida mamlakatning amaldagi chempioni Turinning “Yuventus” klubi o‘z maydonida “Udineze”dan 0:1 ko‘rinishidagi minimal hisob bilan mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuvdagi yagona to‘p o‘yin tugashiga 12 daqiqa qolganda kiritildi. “Udineze” futbolchisi Panayotis Kone o‘ng qanotdan raqib darvozasi tomon to‘pni uzatishidan keyin Tero Siril yaqin masofadan Janluiji Buffonning darvozasini ishg‘ol etdi.

Keyingi turda “Yuventus” mehmonda Rimning “Roma” klubi bilan, “Udineze” esa o‘z maydonida “Palermo”ni qabul qiladi.

Italiya A seriyasi. 1-tur

Yuventus (Turin) – Udineze (Udine) – 0:1
Gollar: Tero, 78 (0:1).
Ogohlantirishlar: Padoin, 39 – Piris, 14; Erto, 35; Adnan, 80.

Top