18:23 / 24.08.2015
2736

Afg‘onistonda haftaning ikki kuni dam olish deb belgilandi

21 avgust kuni Afg‘oniston hukumatining prezident Ashraf G‘ani Ahmadzay raisligida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishida qabul qilingan qarorga muvofiq, butun mamlakat hududida juma va shanba kunlari dam olish deb e'lon qilindi.

Bu tashabbusni mehnat vazirligi ilgari surdi. Vazirlik vakillarining fikricha, bu chora poytaxt ko‘chalaridagi vaziyatni yaxshilashga va ekologiyani o‘nglashga yordam beradi.
Afghanistantoday.ru nashrining xabar qilishicha, bu qarorni qabul qilishdan oldin boshqa musulmon davlatlaridagi vaziyat o‘rganib chiqilgan.

Top