18:41 / 24.08.2015
3708

AQSh va Turkiya hamkorlikda Suriya shimolini "IShID"dan ozod etmoqchi

Turkiya va AQSh o‘zaro hamkorlikda Suriyaning shimoliy, Turkiyaga chegaradosh hududlarida joylashib olgan «Islom davlati» ("IShID") jangarilarini yo‘qotish maqsadida havo hujumi bo‘yicha operatsiyani amalga oshiradi.

«Texnik muzokaralar kecha o‘z nihoyasiga yetdi. Biz tez orada bu operatsiyani boshlaymiz. Bu "IShID"ni yo‘qotishga qaratilgan kompleks operatsiya dasturi bo‘ladi», — deya ta'kidalb o‘tdi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘lu, Reuters axborot agentligiga bergan intervyusi chog‘ida.

Shuningdek, uning fikricha, Suriya hududidagi jangarilarni bombardimon qilish prezident Bashar Asad uchun ham ogohlik qo‘ng‘irog‘i sifatida yangrashi kerak. Unga va uning hukumati ma'muriyatiga Suriyadagi katta masshtabda davom etayotgan urushni to‘xtatish uchun bu operatsiya turtki bo‘lib xizmat qilishi kerak.

Oldinroq, Pentagon rahbari Eshton Karter "IShID"ga qarshi kurashda Turkiya bilan hamkorlik qilish zaruriyati borligini ma'lum qilib o‘tgandi.

Top