23:22 / 24.08.2015
2710

Yevropa fond birjalari 2008 yildagi minimumlargacha pasaymoqda

Yevropaning asosiy fond indekslari 2008 yildagi minimal qiymatlargacha pasaymoqda. Bundan savdodan olingan ma'lumotlar darak bermoqda.

Yevropaning yirik korxonalarining Stoxx Europe 600 jamlanma indeksi 7,5 foizga – 2008 yildagi minimum ko‘rsatkichlarga tushib ketdi.

Germaniyaning Dax indeksi 5,9 foizga, ya'ni 9527,39 punktgacha; Fransiyaning CAC40 indeksi 7 foiz, 4307,05 punktgacha; Buyuk Britaniyaning FTSE 100 indeksi 4,62 foiz, 5901,65 punktgacha tushib ketdi.
Bundan avval Dow Jones indeksi 1000 punktga tushib ketgani ma'lum qilingandi.

Top