06:55 / 24.08.2015
1875

Federer Tsintsinnatidagi “Masters” finalida Jokovichni mag‘lub etdi

Shveytsariyalik tennischi Rojyer Federer AQShning Tsintsinnati shahrida bo‘lib o‘tgan “Masters” musobaqasi g‘olibi bo‘ldi. Tennischi musobaqa finalida jahonning birinchi raqamli tennischisi serbiyalik Novak Jokovich ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Uchrashuv 7:6 (7:1), 6:3 hisobi bilan yakunlandi. Tennischilar maydonda 1 soat 32 daqiqa o‘tkazdilar.

Tennis. Erkaklar. Final. Tsintsinnnati (AQSh)

Rojyer Federer (Shveytsariya, 2) — Novak Jokovich (Serbiya, 1) — 7:6 (7:1), 6:3.

Top