19:16 / 24.08.2015
4787

Kabel televideniyesiga pul to‘lamagan mijozlarda 12ta milliy telekanal o‘chirib qo‘yilayotgani aniqlandi

O‘zbekiston xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tekshiruvida ma'lum bo‘lishicha, Toshkentdagi ko‘pgina raqamli televideniye xizmatlari ko‘rsatuvchi provayderlar ko‘rsatilgan xizmatlar uchun iste'molchilar tomonidan haq to‘lanmagan hollarda 12ta bepul retranslyatsiya qiluvchi milliy telekanallarni haq o‘chirish holatlariga yo‘lga qo‘ygani aniqlandi.

Qo‘mitaning ma'lum qilishicha, Uzdigital TV MJCh abonentlarining hisob raqamlarida pul bo‘lmagan hollarda provayder faqat pullik kanallarni o‘chirishi, 12ta bepul namoyish etiladigan ijtimoiy telekanallar retranslyatsiyasini davom ettirishi shart.
Xususan, “O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “Toshkent”, “Sport”, “Oilaviy”, “Bolajon”, “Navo”, “Madaniyat va ma'rifat”, “Diyor”, “Dunyo bo‘ylab”, “Kinoteatr” va “Mahalla” ijtimoiy telekanallari raqamli televideniyedan foydalanuvchilar uchun bepul retranslyatsiya qilinishi aytildi.

“Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “O‘zbektelekom” AK, Uzdigital TV MJCh, Maks Layn va “O‘zbekiston kabel televideniyesi”ga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun iste'molchi tomonidan haq to‘lanmagan hollarda yuqorida ko‘rsatilgan 12ta telekanalni retranslyatsiya qilishni davom ettirishi shartligi to‘g‘risida xat yuborildi”, – dedi vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassisi Shuhrat Sattorov.

Top