14:38 / 24.08.2015
4267

Kiyevdagi Mustaqillik marshida Ukrainaning 3 sobiq prezidenti ishtirok etmoqda

Ukraina mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan Kiyev markazida Mustaqillik marshi boshlandi. Tantanali marosimda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko, Ukraina bosh vazir Arseniy Yatsenyuk, Ukraina Oliy Radasi raisi Vladimir Groysman, Ukrainaning sobiq prezidentlari Leonid Kravchuk, Leonid Kuchma va Viktor Yushchenko, hukumat a'zolari va boshqa yuqori lavozim vakillari ishtirok etmoqda.

Marosim bo‘lib o‘tayotgan maydonda Ukraina sharqidagi harbiy amaliyotlarda ishtirok etayotgan harbiy texnikalar ishtirok etmayotgani ma'lum qilindi.

Mamlakat prezidenti matbuot xizmatining xabar berishicha, ukrain yetakchisi Mustaqillik kunida o‘z turmush o‘rtog‘i bilan buyuk ukrain shoiri va rassomi Taras Shevchenko yodgorligini ham ziyorat qilib, uning poyiga gullar qo‘ydi.

Top