23:15 / 24.08.2015
2583

Moskvaning “Dinamo” klubi hujumchisi Aleksandr Kokorin “Arsenal”ga o‘tishga yaqin turibdi

Moskvaning “Dinamo” klubi hujumchisi Aleksandr Kokorin Londonning “Arsenal” jamoasiga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda vaziyatdan xabardor bo‘lgan manba ma'lum qilgan.

Kelishuv yozgi transfer oynasi yopilgungacha rasmiylashtirilishi mumkin.
Avvalroq futbolchiga “Manchester Yunayted”, “Pari San-Jyermen” va “Zenit” klublari tomondan ham qiziqish bildirayotgani ma'lum qilingandi, biroq aynan “kanonirlar” 24 yoshli rossiyalik futbolchiga erishish uchun yetakchilik qilmoqdalar.
Joriy mavsumda Kokorin uchta o‘yin o‘tkazib, 2 ta to‘p urishga muvaffaq bo‘ldi.

Top