11:35 / 24.08.2015
2740

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish haqida memorandum imzolashga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Jorj Edgar aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekiston mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlashga, Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga muhim hissa qo‘shib kelmoqda.

“Ikki tomonlama hamkorlik, ayniqsa, siyosiy sohada, samarador rivojlanib bormoqda. Xususan, yuqori darajadagi bir qator tashriflar amalga oshirildi. Ushbu uchrashuvlar chog‘ida boshqa masalalar qatorida transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurash sohasi ham muhokama qilindi. Odam va qurol savdosi, giyohvandlikka qarshi kurash borasidagi hamkorlik haqida memorandum imzolanishi kutilmoqda”, - uning so‘zlarini keltiradi “Jahon” axborot agentligi.

Top