08:20 / 24.08.2015
3254

O‘zbekistonlik fermer yovvoyi o‘rdaklarni saqlash va ko‘paytirish uchun qo‘riqxona yaratdi

Oxirgi yillarda yovvoyi hayvonlarni ko‘paytirishga mo‘ljallangan qo‘riqxonalarning yaratilishi ularning ko‘payishiga xo‘jalik faoliyatining salbiy ta'sirini kamaytirishning samarali usuli bo‘lib hisoblanadi. 

“Pravda Vostoka” gazetasining xabar berishicha, Navoiy viloyatida qishloq xo‘jaligi sanoati uchun noodatiy fermerlik xo‘jaliklari tashkil etilmoqda.

“Joriy yilning boshida Qiziltepa tumanida joylashgan “Nargiz diyor” fermer xo‘jaligida 1470 gektar maydonda yovvoyi o‘rdaklarni saqlash va ko‘paytirish uchun “Yashil diyor” xususiy qo‘riqxonasi tashkil etildi. Bu yerda O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 32 turdagi qushlarni uchratish mumkin. Ularni qo‘riqlash yo‘lga qo‘yilgan. Bu yerda ekosayyohlik hududining qurilishi boshlab yuborildi – to‘rtta yozgi shiypon va 100 o‘rinlik mehmonxona qurilmoqda”, deb ta'kidlanmoqda gazetada.

Top