17:32 / 24.08.2015
2549

Rossiya iqtisodiyot vaziri neft narxining qisqa muddatga 40 dollardan pastga tushishi mumkinligini aytdi

Rossiya iqtisodiy taraqqiyot vaziri Aleksey Ulyukayev neft narxining qisqa muddatga 40 dollardan pastga tushishi mumkinligini aytdi.

“Agar neftning barreli 40 dollardan past baholanadigan bo‘lsa, bu qisqa muddat davom etadi. Nazariy jihatdan bu mumkin. Lekin juda qisqa muddatga”, - dedi u Kuala-Lumpurda o‘tkazilgan ASeAN mamlakatlari iqtisodiyot vazirlari yig‘ilishida.

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning neft narxi 30-40 dollarga tushib, uzoq muddat shunday saqlanib qolishi mumkinligi haqidagi fikriga munosabat bildirar ekan, Ulyukayev bunday bahoga qo‘shilmasligini ma'lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, kecha London birjasidagi sotuvlar chog‘ida Brent nefti narxi 45 dollarga tushib ketdi. Bu 2009 yil martidan buyon kuzatilgan minimum bo‘ldi.

Top