19:15 / 24.08.2015
5084

Samarqandda to‘ylardagi mehmonlar soni 250-300 nafardan oshmasligi lozimligi belgilab qo‘yildi

Samarqandda Xalq deputatlari viloyat Kengashining joriy yil 21 iyuldagi «To‘y-hasham, oilaviy tantana, ma'raka va marosimlarni tartibga solishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida «Mahalla» xayriya jamoat fondi va «Nuroniy» jamg‘armasi tuman bo‘limlari xodimlari bilan hamkorlikda mahallalarda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Uchrashuvlar chog‘ida to‘y va bazmlardagi mehmonlar soni 250-300 nafardan oshmasligi ko‘pchilik tomonidan ma'qullandi. "Zarafshon" gazetasida yozilishicha, mazkur qoidalarga amal qilmaganlarga nisbatan keskin chora ko‘riladi.

Qayd qilinishicha, to‘yxona va bazmgohlarda nahor oshini ertalab soat 7.00dan 9.00gacha yoki 12.00dan 14.00gacha o‘tkazish, soat 22.00dan keyin to‘y va bazmlarni davom ettirishga chek qo‘yish lozim.

Top