18:28 / 24.08.2015
3532

Seul va Pxenyan o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda: natija hamon yo‘q

Janubiy Koreya va KXDR mulozimlari o‘rtasidagi muzokaralar hali ham davom ettirilmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

“Ular yechim topishga harakat qilmoqda, biroq natijalar hozircha yo‘q”, deya ma'lumot bergan axborot manbasi.

Avvalroq Janubiy Koreya KXDR bilan chegaradagi ovoz kuchaygichlarni ikki mamlakat o‘rtasidagi keskinlik darajasi pastlagan taqdirda olib tashlashi mumkinligini e'lon qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, KXDR va Janubiy Koreya o‘rtasidagi qarama-qarshilik Janubiy koreyalik askarlarning qurolsizlantirilgan hududda minaga duch kelib jarohatlanganidan so‘ng boshlangan edi. Bunga javob tariqasida Janubiy Koreya so‘nggi 11 yil ichida ilk bor KXDRga qarshi tashviqot o‘tkazuvchi ovoz kuchaytirgichlarni ishga soldi.

Top