23:10 / 24.08.2015
3970

Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya qarama-qarshilikni kamaytirish haqida kelishib oldilar

Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya qarama-qarshilik darajasini kamaytirish haqida kelishib oldilar, deb xabar bermoqda Ryonxap axborot agentligi.


Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreya qurolsizlantirilgan hudud bo‘ylab ovoz karnaylaridan tashviqot olib borishni tugatadi, Shimoliy Koreya esa yuzaga kelgan mojaro yuzasidan o‘z afsusini bildiradi.

Qo‘shma bayonot mahalliy vaqt bilan 02:00 da chop etiladi. Ikkala Koreya o‘rtasidagi muzokaralar 21 avgust boshlanib, qurolsizlantirilgan hududda yopiq eshiklar ortida deyarli kun bo‘yi olib borilgan. Muzokaralar davom etgan bir paytda ikkala tomon o‘zining harbiy qudratini namoyish qilishi kuzatilgan. Hattoki Koreya yarimoroliga AQShning strategik qurol-aslahalari, jumladan B-52 bombardimonchi samolyotlari tashlangani haqida xabarlar ham berilgan. Qurolsizlantirilgan hududdan zambaraklardan otishma olib borilgan, biroq Shimoliy Koreyaning ta'kidlashicha, otishma faqatgina bir tomonlama, ya'ni Janubiy Koreya tomondan olib borilgan. Mojaro qurbonlarsiz kechdi, biroq harbiy keskinlikning oshishi va urush xavfiga olib keldi.

Top