07:43 / 25.08.2015
2831

AQSh Yevropaga o‘z ittifoqchilari xavfsizligini ta'minlash uchun F-22 qiruvchi samolyotlarini jo‘natadi

AQSh Yevropa hududida yana 4ta F-22 rusumli qiruvchi samolyotlarini joylashtiradi. AQSh Harbiy-havo kuchlari vazirligi rahbari Debor Li Jyeymsning Pentagonda jurnalistlar bilan uchrashuvi chog‘ida ma'lum qilishicha, bu orqali AQSh Ukrainadagi vaziyat tufayli o‘zining NATOdagi ittifoqchilariga tug‘ilishi mumkin bo‘lgan xavfning oldini olishi ko‘zda tutilgan.

"Biz u yerga samolyotlarni yuboramiz", degan Li Jyeyms.

U samolyotlar aynan qachon Yevropaga yetib borishiga aniqlik kiritmagan.

Ma'lumot uchun, AQSh bunday samolyotlarini Iroq va Suriyadagi "IShID" jangarilariga qarshi harbiy operatsiyalarda qo‘llamoqda.

Top