15:46 / 25.08.2015
2724

Cingapur prezidenti parlamentni tarqatib yubordi

Cingapur prezidenti Toni Tan mamlakat parlamenti tarqatib yuborilgani haqida ma'lum qildi.

Reyter nashrida yozilishicha, prezident parlamentni bosh vazir Li Syanlunning maslahatiga ko‘ra tarqatib yuborgan.

Yaqin vaqt ichida navbatdan tashqari parlament saylovlari o‘tkaziladigan kun haqida e'lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 9 avgustida mamlakat mustaqilligining 50 yilligi nishonlangandi.

Top