02:28 / 25.08.2015
2102

Fransiyaning Total kompaniyasi ko‘mir biznesini sotib yubormoqchi

Fransiyaning Total energetik kompaniyasi 2016 yilgacha barcha ko‘mir qazib olish bilan bog‘liq aktivlarini sotib yubormoqchi, deb xabar bermoqda kompaniya bergan xabarga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi.

“Iqlim o‘zgarishlari sharoitlarida Total tabiiy gazdan foydalanishni rivojlantirish majburiyatini o‘z bo‘yniga oldi, bu ko‘mirga nisbatan is gazining atrof-muhitga chiqarilishini ikki barobar kamaytirishga imkon beradi”, deb aytdi kompaniya rahbari Patrik Puyane. Xususan, kompaniya o‘zining Janubiy Afrikadagi Total Coal South Africa sho‘'ba korxonasini sotib yubormoqchi. JARda ko‘mir olish bo‘yicha 5-o‘rinni egallaydigan ushbu korxona Pretoriyadagi Exxaro kompaniyasi tasarrufiga o‘tadi.
OAVlar ma'lumotlariga ko‘ra, fransuz kompaniyasining ko‘mir aktivlari 472 mln dollarga baholanmoqda.

Top