10:03 / 25.08.2015
2866

H&M qayta ishlangan narsalardan iborat kolleksiya taqdim etdi

Shvetsiyaning H&M kompaniyasi qayta ishlangan kiyimlardan iborat yangi Close the Loop kolleksiyasini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya tarqatgan matbuot xabarnomasidan ma'lum bo‘ldi.
Kolleksiyadan jinsa matosidan tayyorlangan liboslar o‘rin oldi: ko‘ylaklar, shimlar va kombinezonlar. Ular 20 foizga qayta ishlangan moddalardan, 80 foizga paxtadan iborat. Vaqt o‘tishi bilan kolleksiya yanada kengaytirilishi rejalashtirilmoqda.

Kompaniya bosh direktori Karl-Yoxan Perssonning ta'kidlashicha, eskirgan kiyimdan yangisini yaratish mumkin bo‘lgan yopiq tekstil silsilasi nafaqat tekstil xarajatlarini qisqartiradi, balki birlamchi resurslarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi ham.
Eski kiyimlarni to‘plash bo‘yicha global tashabbus 2013 yili boshlangan edi.

Xaridorlar eski kiyimni olib kelib, buning evaziga do‘konlardan bonus olishgan. Shu davr mobaynida dunyo bo‘ylab 14 tonna keraksiz kiyimlar to‘plandi.
Kolleksiyani kompaniya do‘konlaridan 7 sentabrdan boshlab sotib olish mumkin.

Top