11:39 / 25.08.2015
5696

OAV: Sudxo‘rlik ikki kishi o‘rtasidagi quda-andachilik munosabatlarini buzdi

“Hurriyat” gazetasida chop etilgan maqolada sudxo‘rlik tufayli ikki qudaning o‘rtasidagi munosabatlarga sovuqchilik tushgani haqida maqola e'lon qilindi. Aytilishicha, Ne'mat Rahimov qudasining akasi Ismat Hamroyevga qarzga 7 mln pul berib, besh foiz ustama belgilagan. Ammo u qarzdorning vaziyatidan foydalanib, ko‘plab tilxatlar yozdirib olgan va aldov yo‘li bilan ko‘proq pul undirish maqsadida sudga arz qilgan.

“Men majbur bo‘lib u kishi qanday xohlasalar, ular aytgandek tilxat yozib kelaverdim, – dedi Hamroyev. – U esa ojizligimdan foydalanib, yozdirgan tilxatlarini asos qilib sudga da'vo arizasi kiritdi. Bu ko‘rguliklardan men qand kasaliga chalindim”.

Materialda bu ish nima bilan hal bo‘lgani haqida ma'lumot keltirilmadi.

Top