03:45 / 25.08.2015
3049

Rossiya Federatsiya kengashida Matviyenkoning AQShga tashrifi bekor qilingani tasdiqlandi

Rossiya Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenkoning Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan Parlamentlararo ittifoq sessiyasida ishtirok etishi uchun AQShga tashrifi bekor qilindi, deb Federatsiya kengashidagi manbaga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. Manbaning ta'kidlashicha, 25 avgust kuni yuqori palata Federatsiya kengashi spikerining tashrifi haqidagi axborotni o‘qib eshittiradi.

Federatsiya kengashi spiker o‘rinbosari Ilyos Umaxonovning aytishicha, Matviyenkoning vizasi bo‘yicha qaror hali qabul qilinmagan.

“Matviyenkogo viza rad etilgani haqidagi axborot haqiqatga mos kelmaydi. Fikrimcha, barchasi ertaga hal bo‘ladi”, deb aytdi Umaxonov.

Top