09:20 / 25.08.2015
2074

Saudiya Arabistonida qariyb 50ta MERSga chalinish holati qayd etildi

Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirligi 2015 yil 16 avgustdan 22 avgustga qadar 49ta yangi Yaqin Sharq respirator sindromi koronavirusi — MERSga chalinish holati aniqlanganini tasdiqladi.

Vazirlikning rasmiy saytidagi xabarga ko‘ra, 47ta holat poytaxt Ar-Riyodda qayd etilgan bo‘lsa, biri Najron, yana biri Abxa shahrida aniqlangan. Mazkur davr ichida vafot etgan soni 11 nafarni tashkil etadi.

Vazirlik statistik ma'lumotiga ko‘ra, 2012 yildan buyon mamlakatda 1147 kishi koronavirusga chalinib, ularning 487 nafari hayotdan ko‘z yumdi.

Yaqin Sharq respirator sindromi koronavirusi — MERS kasalligiga ilk chalinish holati Saudiya Arabistonida 2012 yilda ro‘y bergan bo‘lib, xastalik Yaqin Sharq, Janubiy Koreya, Tailand va boshqa bir qator mamlakatlarga tarqaldi. U erta bosqichlarda hech qanday alohida alomatlarni yuzaga chiqarmaydi. Odatda immuniteti sust, surunkali o‘pka kasalliklari va buyrak yetishmovchiligi mavjud insonlar ushbu kasallikni oson yuqtirib oladi. Hozircha xastalikka qarshi vaksina ishlab chiqilmagan.

Top