15:50 / 25.08.2015
2287

Yaponiya va Xitoy fond birjalari tushishda davom etmoqda

Yapon fond birjasi pasayishda davom etmoqda. Gongkong, Janubiy Koreya va Avstraliya birja indekslari esa yaqindagina keskin pastlashib ketganidan so‘ng nisbatan o‘zini o‘nglab oldi.

Xususan, Nikkei 225 indeksi 4 foizga pastlab, 17806 punktni tashkil etdi. Gongkongning Hang Seng indeksi esa 0,7 foizga o‘sib, 21407 punktga yetdi. Janubiy Koreyaning KOSPI ko‘rsatkichlari 0,92 foiz yoki 1,846 punktga oshdi. Avstraliyaning S&P/ASX 200 indeksi esa 2,72 foiz yoki 5,137 punktga qadar o‘sdi.

O‘tgan to‘rtta sessiya vaqtida Shanghai Composite 19 foizga pastlab, 1996 yilgi minimumni qayd etdi.

“Biz fond bozorida sarosimani ko‘rayapmiz. Xitoy hukumati bozorni qutqarishga harakat qilmayapti. Qulash esa mintaqadagi boshqa fond birjalariga ham tarqalmoqda”, – deydi Huaxi Securities tahlilchisi Vey Vey.

Seshanba, 25 avgust kuni Xitoy birjalarida 17 foiz kompaniyalar aksiyalar savdosi to‘xtatildi, deyiladi Bloomberg xabarida.

Moliyaviy inqirozga qaramasdan, Japan Airlines aksiyalari 3,8 foizga, Mitsubishi UFJ Financial aksiyalari esa 3,6 foizga qimmatlagan.

Top