16:57 / 26.08.2015
2634

2015 yilda Toshkent shahridagi 7ta ta'lim dargohi rekonstruksiya qilindi

2015 yilda Toshkentdagi 7 ta'lim dargohida rekonstruksiya, 397 umumta'lim maktabi, internat va maktabgacha ta'lim muassasasini joriy ta'mirlash, 24 ta'lim muassasasida kapital ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.

"Hozirgi kunga qadar 273 ta'lim muassasasida ichki va tashqi isitish tizimlari ta'mirlandi", – deydi Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi sho‘'ba mudiri Ergash Magdiyev.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda muassasalardagi 32 qozonni joriy, 72 ming 435 metr kvadrat bino tom qismlarini kapital va joriy ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ta'lim dargohlarida issiqlik me'yorida bo‘lishini ta'minlash maqsadida 3 ming 834 metr kvadrat yaroqsiz holga kelib qolgan deraza oynalari almashtirildi. 21 ta'lim dargohida elektr tizimi bilan bog‘liq kamchiliklar aniqlanib, bartaraf etildi. 1 ming 258 metr uzunlikdagi issiqlik tarmog‘i izolyatsiyalandi.

O‘tgan qish mavsumida kuzatilgan kamchiliklar inobatga olingan holda, ta'lim dargohlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni sinchiklab o‘rganilmoqda. Soha xodimlariga barcha turdagi tizimlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berilmoqda.

Top