19:41 / 26.08.2015
3162

Fransiya «Mistral»lar uchun 1 mlrd yevro tovon puli to‘langani haqidagi xabarni inkor qildi

Fransiyada «Mistral»lar uchun Rossiyaga to‘lanishi lozim bo‘lgan tovon puli 1 mlrd yevro ekani haqidagi xabar inkor qilindi. Bu haqda RIA Novosti fransuz hukumati rasmiy vakilining so‘zlariga asoslanib xabar berdi.

“Men aytishim mumkinki, Fransiya to‘lagan tovon puli 1 mlrd dollardan kam. Uning aniq miqdori parlament a'zolariga ma'lum qilinadi”, – dedi Fransiya hukumati rasmiy vakili Stefan Le Fol.

Eslatib o‘tamiz, bugun 26 avgust kuni Fransiya Rossiyaga vertolyot tashuvchi «Mistral» kemalarini yetkazib berish haqidagi shartnomani bajarmagani uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 1 mlrd yevrodan ziyodroq tovon pulini to‘lab bergani haqida “Interfaks” axborot agentligi diplomatik doiralardagi axborot manbasiga tayanib xabar tarqatgan edi.

Top