15:47 / 26.08.2015
2902

German Gref neft narxining yana tushishiga ishonmaydi

Rossiya Sberbanki rahbari German Gref neft narxining barreliga 20-40 dollarga qadar tushib ketishiga ishonmaydi. Uning fikricha, keyingi yil narxlar 50-60 dollarga ko‘tariladi.

“2016 yilda neft narxining tushishi to‘xtaydi, Brent rusumli neftning barreli 50-60 dollar baholanadi”, - uning so‘zlarini keltiradi Interfaks agentligi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, neft narxining keyingi yil 50 dollardan past bo‘lishi ehtimoldan uzoq.

Top