15:25 / 26.08.2015
3292

Oshkosh Corp. kompaniyasi Pentagonga 6,75 mlrd dollar miqdoridagi zirhli avtomobillar yetkazib beradi

AQSh Mudofaa vazirligi Oshkosh Corp. kompaniyasi bilan mamlakat qurolli kuchlari va dengiz piyodalari uchun yangi yengil taktik mashinalar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzdi.
Reyter nashrida yozilishicha, Oshkosh Corp. tenderda yutib chiqqan va Pentagonni harbiy mashinalar bilan ta'minlaydi.

Kelishuvga ko‘ra, kompaniya 6,75 mlrd dollar evaziga 17 mingta shunday mashinalar yetkazib beradi.
Qayd qilinishicha, AQSh o‘z qurolli kuchlari uchun 30 mlrd dollar evaziga 55 mingta yangi zirhli harbiy mashinalar qabul qilishni rejalashtirgan.

Dastlabki tenderda Oshkosh Corp. kompaniyasidan tashqari Lockheed Martin Corp., Buyuk Britaniyaning BAE Systems Plc va AM General kompaniyalari ham ishtirok etgan.

Top