10:18 / 26.08.2015
5313

O‘zbek olimlari quyosh generatorining yangi modelini ixtiro qilishdi

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti olimlari quyosh generatorining yangi modelini ixtiro qilishdi.

Ushbu model geliotexnika va quyosh nurlanishi energiyasini elektr energiyaga o‘zgartirishda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Qurilmaning vazifasi quyosh elementlarining orqa tomonining yoritilganligini oshirish  hisobiga fotoelektr va energiya-iqtisodiy ko‘rsatkichlari yaxshilangan ikki tomonlama quyosh elementlari bo‘lgan quyosh generatorini yaratishdan iborat.

Mualliflar - R.Aliev, X.Mansurov va S.Alievga ushbu foydali model uchun № FAP 01021 raqamli patent berildi.

Top