17:33 / 26.08.2015
5160

O‘zbekiston markaziy banki: tenge devalvatsiyasi so‘mga ta'sir ko‘rsatmaydi

Qozog‘iston milliy valyutasining qadrsizlanishi so‘m kursida aks etmaydi. Bu haqda O‘zbekiston markaziy banki kredit tashkilotlarini litsenziyalash va faoliyatini nazorat qilish departamenti direktori Jahongir Abdurasulov bayonot berdi.

O‘tgan haftada Qozog‘iston milliy valyuta kursini erkinlashtirib, valyuta koridorini bekor qildi. Buning natijasida ikki kun ichida tengening dollarga nisbatan kursi 26 foizga tushib ketib, 255 tenge/1 dollarni tashkil qildi.
Bu holat qo‘shni Qirg‘izistonda som kursiga jiddiy ta'sir o‘tkazdi.

“Qozog‘iston tengesi 25 foizlik devalvatsiyaga uchradi. Biz uchun bu kutilmagan holat bo‘lmadi, biz bunga tayyorlanayotgan edik. Shu bois tengening erkin kursi bizga ta'sir o‘tkazmaydi”, - dedi u jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.

Abdurasulovning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekiston, Qozog‘istondan farqli ravishda, neft eksportchisi hisoblanmaydi, shu bois energetika bozoridagi jarayonlar so‘m kursiga ta'sir ko‘rsatmaydi.

Top