10:55 / 26.08.2015
3230

O‘zbekistonda “Investitsion va pay fondlari to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi

26 avgust kuni O‘zbekistonda “Investitsion va pay fondlari to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi. Ushbu qonun respublikada kollektiv investitsiya kiritish tizimini yaratish, aholining bo‘sh mablag‘larini mobilizatsiya qilish va ularni milliy iqtisodiyotning turli yo‘nalishlarini moliyalashtirishga turtki berishga yo‘naltirilgan.

Qonun quyi palata tomonidan 29 iyunda qabul qilinib, yuqori palata tomonidan 6 avgust kuni ma'qullandi hamda 25 avgust kuni davlat rahbari tomonidan imzolandi. Markaziy OAVda 26 avgust kuni chop etilishi bilan qonun kuchga kirgan hisoblanadi.
Senat a'zosi, Nurota tumani hokimi Qobil Tursunovning so‘zlariga qaraganda,

investitsion va pay fondlari faoliyatini tartibga solishga qaratilgan maxsus qonunning qabul qilinishi ushbu institutlar alohida mexanizmni tashkil etishi bilan tushuntiriladi. Ushbu qonun fondlarning rivojlanishiga hamda mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalar kiritilishiga ko‘mak beradi.

Top