14:28 / 26.08.2015
2598

Patrushev amaldorlarga Google va WhatsApp’dan foydalanishni taqiqlash kerakligini aytdi

Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Vladivostokda o‘tkazilgan yig‘ilish chog‘ida Google, Yahoo va WhatsApp singari xorijiy internet servislardan foydalanib kelayotgan amaldorlarni tanqid ostiga oldi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.

Patrushevning fikricha, amaldorlarning xizmat masalalarida xorijiy resurslardan foydalanish jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.

“Bu Rossiya uchun muhim masala, ammo Uzoq Sharqda masala yanada o‘tkirroq”, - ta'kidladi kotib. U Uzoq Sharq federal okrugi mintaqalari gubernatorlaridan tezlik bilan choralar ko‘rishni talab qildi.
Bundan tashqari, Patrushev axborot himoyasi tizimini takomillashtirish zarurligini qayd qildi.

Top