18:06 / 26.08.2015
2566

Rossiya Dumasi WhatsApp’dan foydalangan amaldorlarni jazolash fikrini qo‘llab-quvvatladi

Rossiya Davlat Dumasi raisining axborot siyosati bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Vadim Dengin xorijiy internet servislardan foydalangan amaldorlarni jazolash fikrini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda “Russkaya slujba novostey” agentligi xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Vladivostokda o‘tkazilgan yig‘ilish chog‘ida Google, Yahoo va WhatsApp singari xorijiy internet servislardan foydalanib kelayotgan amaldorlarni tanqid ostiga oldi. Uning fikricha, amaldorlarning xizmat masalalarida xorijiy resurslardan foydalanish jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.

“Dasturiy ta'minotni boshqaruvchi odam undan foydalanuvchilarni ham boshqaradi. Patrushev jiddiy muammoni ko‘tardi. O‘zimiznikini yaratishimiz kerak. Masalan, Xitoyda allaqachonlar shunday yo‘l tutishadi, biz esa haligacha o‘ylab o‘tiribmiz. Hoziroq boshlash kerak!”, - dedi Dengin.

Top