09:53 / 26.08.2015
2867

Samarqandda Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi

25 avgust kuni Samarqanddagi O‘zbekiston madaniyati muzeyida ikkita yangi ko‘rgazma ochildi. Bu haqda samarqandlik jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullayev axborot berdi.

Ko‘rgazmalardan biri mustaqillikning 24 yilligiga, ikkinchisi esa “Sharq taronalari” XI xalqaro festivaliga bag‘ishlandi.
Birinchi ko‘rgazmadan o‘rin olgan 200 eksponat mustaqillik yillarida mamlakatda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni aks ettiradi. Ikkinchisida esa, xalqaro festival tarixi bilan birga, O‘zbekistonda musiqa san'atining rivojlanishi ko‘rsatib beriladi.

Ko‘rgazmadan o‘rin olgan eng qadimiy eksponatlardan biri Urgut tumanining Mo‘minobod qishlog‘idan topilgan bronza asriga oid naydir. Uning yoshi 3.5 ming yilni tashkil qiladi.

Shuningdek, eksponatlar ichida milliy cholg‘u asboblarini hamda musiqa va raqs san'atiga oid haykalchalar bor.

Top