19:36 / 26.08.2015
2943

Samsung’ning “aqlli” muzlatgichlarini Gmail pochtasi parollarini o‘g‘irlashda ishlatish mumkin

Samsung kompaniyasining “aqlli” muzlatgichlarida Gmail taqvimlarini sinxronlashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Pent Test Partners tadqiqot kompaniyasining ta'kidlashicha, jinoyatchilar bu imkoniyatdan foydalanib, sizning ro‘yxatdan o‘tganlik haqidagi ma'lumotlaringizni o‘g‘irlashlari mumkin.

Tadqiqotchilarning fikricha, muzlatgich ma'lumotlarni shifrlanmagan tarzda uzatishi sababli buning imkoni mavjud. Samsung’da bu muammoni tuzatish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani aytilgan.

Joriy yilning fevralida shunday vaziyat Samsung’ning “aqlli” televizorlari bilan kuzatilgan edi – ushbu televizorlar nafaqat foydalanuvchilarni butun vaqt davomida tinglaydi, balki ovozli yozuvlarni shifrlashsiz jo‘natadi. Bu ham xakerlar tomonidan ma'lumotlarning o‘g‘irlanishiga imkoniyat beradi.

Top