19:57 / 26.08.2015
5636

Sardor Rashidov rasman “Al Jayish” futbolchisi sifatida tanishtirildi

26 avgust kuni Qatarning “Al Jayish” klubi yangi mavsum oldidan o‘zining yaqinda xarid qilgan futbolchilarini ommaga tanishtirdi.

O‘zbekistonlik Sardor Rashidov ham aynan “Al Jayish” jamoasi bilan uch yilga mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekkani haqida avvalroq xabar qilingandi.

Ushbu klubning Duhaydagi o‘z qarorgohida yangi mavsum oldidan xarid qilgan yangi o‘yinchilari taqdimot qilingan marosimda jamoa ustozi Sabri Lamushi hamrohligida Sardor Rashidov va marokashlik Abdul Razzoq Xamdalla hamda mahalliy futbolchilar Usmon al Xalifa Yahri va Abu Bakr ishtirok etishdi.

Tadimot marosimida nutq so‘zlarkan, taniqli fransuz mutaxassisi Lamushi Sardor Rashidovga katta umid bog‘layotganini ta'kidladi.

"Rashidov – yuksak mahorat sohibi. Buni u so‘nggi vaqtlarda sobiq klubi va terma jamoasi safida namoyish etdi. Biz bejizga uni tarkibga jalb etmadik. Sardorning iste'dodiga shubhamiz yo‘q. Ishonchim komil, yangi mavsumda u “Al Jayish”ning muvaffaqiyatlariga o‘zining munosib hissasini qo‘sha oladi", - deydi “Al Jayish” bosh murabbiyi.

Top