16:01 / 26.08.2015
2277

Sberbankning sof foydasi ikki barobarga tushib ketdi

Rossiya Sberbanki 2015 yil birinchi yarmi hisobotini e'lon qildi. Undan ma'lum bo‘lishicha, hisobot davrida bankning sof foydasi ikki barobarga tushib ketgan.
Bunga asosiy sabab sifatida zaxiralar shakllantirish xarajatlarning o‘sishi va kredit portfelining qadrsizlanishi keltirilmoqda.

Bankning foydasi 170.4 mlrd rubldan 85.2 mlrd rublga tushib ketgan. Sof foyda shu davrda 54.6 mlrd rublni tashkil qildi. Bu birinchi chorakdagi sof foydadan (30.6 mlrd rubl) 78.4 foizga ko‘pdir.

Sberbankning foiz daromadlari 29.1 foizga o‘sgan va 1.1 trln rublni tashkil qilgan. Foiz xarajatlari esa 84.8 foizga oshib, 679.1 mlrd rublni tashkil qildi.
Bank aktivlari hajmi 6.1 foizga tushib, 23.7 trln rublni tashkil qildi. Kredit portfeli 4.5 foizga tushdi.

Top