17:59 / 26.08.2015
2119

Schlumberger Cameron kompaniyasini 14,8 mlrd dollarga sotib oldi

Neft sohasida xizmat ko‘rsatuvchi Schlumberger korporatsiyasi ushbu jabha uchun qurilmalar yetkazib beruvchi Cameron International kompaniyasini sotib oldi. Kelishuvning 14,8 mlrd dollarga baholangani Schlumberger xabarida aytib o‘tildi.

Kelishuv shartlariga ko‘ra, Cameron`ning bir dona aksiyasi 66,36 dollarni tashkil etib, bu so‘nggi 20 sessiya kotirovkalaridan 37 foiz ko‘p demakdir.

Schlumberger kelishuv to‘lovlarini aksiyalar va pul ko‘rinishida amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Tomonlar shartnoma bo‘yicha to‘lovni 2016 yilning birinchi choragida yakuniga yetkazishmoqchi.

Ushbu kelishuv haqida xabar e'lon qilinganidan so‘ng Cameron aksiyalari 34 foizga qimmatlagan.

Top